Узбек O'zbek
Rayola «MYU» diqqat markazidagi futbolchining agentiga aylandi
Dushanba, 24 Dekabr
10584

«Roma» himoyachisi Kostas Manolas o‘z agentini o‘zgartirdi. Endilikda yunonistonlik futbolchining ish yurituvi Mino Rayola qo‘lida bo‘ladi.

Italyan matbuotining yozishicha, taniqli agent Manolasning «Manchester Yunayted»ga transferini amalga oshirmoqchi. Kostasning «Roma» bilan bitimida uni muddatidan oldin bekor qilish 36 mln yevro kompensatsiyaga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Avvalroq kecha bo‘lib o‘tgan «Roma»-«Yuventus» uchrashuvi «MYU» skautlari diqqat markazida bo‘lgani, ular 27 yoshli himoyachini kuzatib borishgani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz