Узбек O'zbek
«Portu» «Real» va «MYU»ga Militaoning narxini ma’lum qildi
Yakshanba, 23 Dekabr
4240

«Portu» himoyachisi Eder Militaoga «Manchester Yunayted»dan tashqari «Real» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

A Bola nashri xabariga ko‘ra, ikki klub skautlari ham 20 yoshli braziliyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib borishmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, «Portu» inglizlarga ham, ispanlarga ham qishki transferlar vaqtida Militaoni faqat 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan. Bu futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan badal pulidir.

Eder bu mavsum Yevropadagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda, bunga qadar u 3 yil davomida Braziliyaning «San-Paulu» klubi safida to‘p surgandi.

U Portugaliya chempionatida 10 o‘yinda maydonga tushgan va 1 golga uzatma bergan. Chempionlar ligasida ham 5 o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz