Узбек O'zbek
Kokorin va Mamayevga qo‘yilgan ayblov og‘irlashtirildi
Shanba, 22 Dekabr
6559

Kirill Kokorinning advokati Aleksandr Barik xabariga ko‘ra, uning mijozi, shuningdek Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevga qo‘yilgan ayblov Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga o‘zgartirilgan.

«Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi Denis Pak va Vitaliy Solovchuk sog‘lig‘iga yengil zarar yetkazilgan. Shu tufayli, tergovchi «Tan jarohati yetkazish» moddasini «Bezorilik natijasida qasddan yengil tan jarohati yetkazish» moddasiga o‘zgartirdi. Bundan tashqari, «Bezorilik» moddasi asosidagi ayblov ham o‘z kuchida qoldi», - dedi Barik.

Rossiya jinoyat kodeksiga ko‘ra, «Bezorilik natijasida qasddan yengil tan jarohati yetkazish» moddasi 2 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishini ko‘zda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy oktyabr oyida Moskva shahri markazida ro‘y bergan 2ta janjal va mushtlashuv ishi bo‘yicha ayblanuvchi sifatida ishtirok etmoqdalar. Ular mulozim Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlaganlikda gumonlanmoqda. Sud qaroriga ko‘ra, futbolchilar 8 fevralgacha tergov izolyatorida ushlab turiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz