Узбек O'zbek
OKMK futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogida ham «Paxtakor»dan ustun keldi
Juma, 21 Dekabr
1563

16 dekabrdan boshlab Toshkentdagi «Yoshlik» sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kecha, 20 dekabr kuni guruh bosqichiga yakun yasaldi.

Jami 10ta ishtirokchi 2ta guruhga bo‘lingan holda yarimfinal yo‘llanmasini beruvchi dastlabki ikki o‘rin uchun kurash olib bordi. Jamoalar o‘zaro bir martadan o‘yin o‘tkazgach, «A» guruhidan «Paxtakor» va «Metallurg», «B» beshligidan «Bunyodkor» va OKMK jamoalari pley-offga yo‘l oldi.

Yarimfinalning bugun bo‘lib o‘tgan ilk bahsida «Paxtakor» va OKMK to‘qnash keldi. PFL xabariga ko‘ra, uchrashuv 2:1 hisobida olmaliqliklar foydasiga hal bo‘lgan. Natijada OKMK finalda «Bunyodkor»–«Metallurg» qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogi, yarim final
«Paxtakor» –  OKMK – 1:2
Toshkent. «Yoshlik» sport majmuasi. 106 tomoshabin.
Bosh hakam: Anatoliy Rubakov
Gollar: Davron Choriyev (17) – Jamoliddin Sharipov (32, 35)
Ogohlantirishlar: Dilshod Irsaliyev (32), Ravshan Eliboyev (15) – Farhod Abdumavlonov (10) 
Chetlatishlar: Temur Sadirov (33) – Javlon Anorov (26)

Final bahsi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz