Узбек O'zbek
SSKA va «Spartak» italiyalik hujumchi uchun kurashadi
Juma, 21 Dekabr
2488

«Sauthempton» hujumchisi Manolo Gabbyadini qishda Rossiya Premer-Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Calciomercato xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchi xizmatiga Moskvaning «Spartak» va SSKA klublari qiziqmoqda.

Bundan tashqari, Gabbyadinini «Bolonya», «Fiorentina» va «Sevilya» klublari ham o‘z safida ko‘rishni istayaptilar. 

«Sauthempton» asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan futbolchini ijaraga bermasdan, to‘liq sotib yubormoqchi.

Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi klubi tarkibida 12ta o‘yin o‘tkazib, atigi 1ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz