Узбек O'zbek
Sud Kokorin va Mamayevning apellyatsiyasini rad etdi
Seshanba, 18 Dekabr
1867

Moskva shahar sudi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayevning hibs muddati ikki oyga uzaytirilishi yuzasidan bergan apellyatsiyasini qanoatlantirmadi.

5 dekabr kuni Tverskoy sudi har ikkala futbolchi hamda ishning boshqa ishtirokchilari – Kirill Kokorin va Aleksandr Protasovitskiyni yana 2 oyga hibsda qoldirishni so‘ragan tergovchilar iltimosi bo‘yicha ijobiy qaror chiqargan edi.

«Chempionat.com» xabariga ko‘ra, Mamayev apellyatsiyani qondirmaslik to‘g‘risidagi sud xulosasini «sharmandalik» deb atagan.

«Bu – shunchaki sharmandalik. Boshqa hech narsadan shikoyat qilmayman. Audioyozish qurilmasini o‘chiring, boshqa hech narsa kerak emas», - degan Mamayev.

Gumondorlar, avval belgilanganidek, 8 fevralga qadar tergov izolyatorida qoladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy oktyabr oyida Moskva shahri markazida ro‘y bergan 2ta janjal va mushtlashuv ishi bo‘yicha ayblanuvchi sifatida hibsda ushlab turilibdi. Ular mulozim Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlaganlikda gumonlanmoqda. Jinoyat ishi «bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik harakatini amalga oshirish» va «tan jarohati yetkazish» moddalari bo‘yicha ochilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz