Узбек O'zbek
Pepening «Beshiktosh»dan ketgani tasdiqlandi, u APLga kelishi mumkin
Seshanba, 18 Dekabr
5088

Portugaliyalik himoyachi Pepe «Beshiktosh»ni tark etdi. 35 yoshli futbolchi va Istanbul klubi o‘rtasidagi shartnoma tomonlarning o‘zaro roziligi bilan bekor qilingan.

Pepening Turkiyadan ketayotgani haqida OAVda avvalroq xabar tarqalgan edi, kecha klub va futbolchi buni rasman tasdiqlashdi.

Himoyachi «Beshiktosh»ga 2017 yil yozida – «Real»dagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng borib qo‘shilgan edi. Unga Angliya Premer-ligasining bir qator futbolchilari, xususan «Vulverhempton» qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Qo‘shimcha sifatida, Pepe Turkiya oliy ligasining ushbu mavsumida 10ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan. Chempionatning 16-turidan keyin 5 jamoa 26 ochko bilan 3-7-o‘rinlarni egallab turibdi, shular orasida «Beshiktosh» ham bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz