Узбек O'zbek
Andrey Arshavin «Zenit»ga qaytishi mumkin
Shanba, 15 Dekabr
3743

«Zenit»ning sobiq futbolchisi Andrey Arshavin klub ma’muriyatida ish boshlaydi. 

Noyabr oyida futbolchi Qozog‘istonning «Qayrat» klubida so‘nggi o‘yinini o‘tkazib, faoliyatini yakunlagan edi.

Arshavinga «Zenit» klubida bir necha lavozim taklif etilgan — klub prezidenti Sergey Fursenko maslahatchisi va sport direktori o‘rinbosari. U 2019 yil yanvar oyidan ish boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Arshavin «Zenit» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2000-2009, 2012-2015 yillarda shu klub sharafini himoya qilgan. Rossiya terma jamoasi safida 74ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz