Узбек O'zbek
Rossiya Premer-ligasi g‘olibiga O‘zbekiston chempionidan 40 barobar ko‘proq pul mukofoti beriladi
Juma, 14 Dekabr
5847

Rossiya Premer-ligasi rahbari Sergey Pryadkin chempionat moliyasiga oid raqamlar bilan o‘rtoqlashdi.

Uning aytishicha, RPL byudjeti o‘tgan yildagi kabi 50 million dollarni tashkil etadi. Unda g‘olib chiqqan klub esa 5 mln dollar miqdorida mukofot oladi.

Qayd etilishicha, 2017/18 yillar mavsumida muxlislar tashrifi bo‘yicha Rossiya chempionati rekordi o‘rnatilgan va bu boradagi ko‘rsatkichlar o‘sishi ushbu mavsumda ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yil boshida yangi formatdagi chempionat – Superliga g‘olibi 1 mlrd so‘m miqdorida mukofot olishini e’lon qilgan edi. Bu joriy kurslarda 120 ming dollardan biroz ko‘proqni tashkil etadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz