Узбек O'zbek
Karpinga hakamni turtgani uchun jiddiy jazo qo‘llandi
Payshanba, 13 Dekabr
2908

«Rostov» jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya chempionatining 17-turida «Krilya Sovetov»ga qarshi kechgan o‘yindagi holat yuzasidan jazoga tortildi.

Rossiyalik mutaxassis Samaradagi o‘yin vaqtida zaxira hakami Sergey Karasevni hakamlar brigadasi qaroriga norozilik sifatida turtgandi. O‘yin oxirida rostovliklarning ikki futbolchisi - himoyachi Ragnar Sigurdsson hamda havbek Aleksandr Gatskan maydondan chetlatilgandi.

Endi murabbiy 6 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan hamda 80 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.

Rossiya futbol ittifoqining Tartib-intizom qo‘mitasi «Spartak» va «Lokomotiv» o‘yinida mehmonlar jamoasi darvozaboni Marinato Gilerme mezbon jamoa fanatlari tomonidan haqoratlangani yuzasidan ham chora ko‘rgan. Unga ko‘ra, «Spartak»ning Moskvadagi keyingi o‘yinida B tribunasi yopiq bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz