Узбек O'zbek
Muxlislar sektoridan maydon eng yaxshi ko‘rinadigan stadion qaysiligi aytildi
Chorshanba, 12 Dekabr
9348

FIFA «Lujniki» stadionini tribunadan maydonning ko‘rinishi holati bo‘yicha jahonning eng yaxshi stadioni deb tan olgan. Bu haqda Moskva shahar yangiliklar agentligi Moskva qurilish departamenti boshlig‘i Andrey Bochkaryovga asoslanib xabar bermoqda.

«Stadionni rekonstruksiya qilish vaqtida FIFA bo‘linmalarining 50ta delegatsiyasi tekshiruv o‘tkazgan edi. Ularning har biri o‘z yo‘nalishi bo‘yicha javobgar edi: kimdir tribunalardagi o‘rindiqlarga, kimdir esa yoritish tizimiga va hokazo.

Ekspertlar e’tiroz uyg‘otgan jihatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etdik. Misol uchun, ikki kechada 300ta qo‘shimcha elektr manbaiga ulanish moslamasini o‘rnatdik.», - deb aytib o‘tdi Bochkarev.

Mutaxassisning aytishicha, yaqin uch yil ichida Moskvada 30dan ortiq sport obektlari qurilishi rejalashtirilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz