Узбек O'zbek
«Zenit» qishki tanaffusdan oldingi oxirgi o‘yinda yutqazdi
Dushanba, 10 Dekabr
2208

Rossiya chempionatining 17-turida «Zenit» «Rubin»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Uchrashuv Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena» stadionida o‘tkazildi.

O‘yinda hisob 7-daqiqadayoq Yegor Sorokin tomonidan ochildi, unga Igor Kalinin assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida Sorokin dublni rasmiylashtirdi, bu safar ham golga Kalinin hammualliflik qildi. Tez orada «Zenit» hisobni qisqartirdi, Leandro Paredes penaltidan gol urdi. Ammo maydon egalari mag‘lubiyatdan qutulib qololmadi.

Bu mag‘lubiyat «Zenit» uchun Rossiya Premer-Ligasida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi, «Rubin» 6 o‘yin davom etgan g‘alabasiz seriyasini to‘xtatdi.

Bu o‘yindan keyin «Zenit» qishki tanaffusga  34 ochkosi bilan RPL turnir jadvalidagi yetakchilikni saqlab qolgan holda chiqmoqda, ammo «Krasnodar» bilan oradagi farq 1 ochkoni tashkil qilmoqda. «Rubin» 25 ochko to‘plagan holda 6-o‘ringa ko‘tarilgan.

Rossiya chempionati
17-tur
Zenit – Rubin 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 7 Sorokin, 0:2 – 50 Sorokin, 1:2 – 59, penalti Paredes.
Zenit – Lunev, Anyukov, Ivanovich, Netu, Kuzyayev, Yeroxin (Markizio, 65), Paredes, Ernani, Mak (Zabolotnыy, 56), Driussi, Shatov.
Rubin – Baburin, Abdullin (Stepanov, 63), Uremovich, Navas, Sorokin, Kalinin, Mogilevets, Kambolov, Granat, Bayramyan, Sagitov (Buxarov, 84).
Ogohlantirishlar: Ernani (18), Shatov (28), Bayramyan (29), Kalinin (39), Netu (48), Paredes (55), Sagitov (61), Uremovich (78), Markizio (85), Granat (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz