Узбек O'zbek
«Anji» RPL klublari yordamida mavsumni tugatadi
Chorshanba, 05 Dekabr
3178

«Anji» moliyaviy muammolar tufayli Rossiya chempionatini tark etmaydi.

Avvalroq, klubning qarzlari 300 million rubldan oshgani, xodimlar bu mavsumda biror marta ish haqi olmagani, jamoa esa chempionatni yoshlar tarkibi bilan tugatishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bugun Rossiya Premer-Ligasi klublari «Anji» klubiga moliyaviy yordam berish haqida qaror qabul qilishdi. Ular Premer-Liga tomonidan ajratiladigan mablag‘larning bir qismini maxachqalaliklarga berib, jamoani mavsum oxiriga qadar qo‘llab-quvvatlab turishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Anji» tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Dostonbek Hamdamov to‘p tepadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz