Узбек O'zbek
A Seriya. «Napoli» mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda
Seshanba, 04 Dekabr
3603

«Atalanta» - «Napoli» uchrashuvi bilan A Seriyada 14-turga yakun yasaldi.

Italiya shimolidagi o‘yinda mehmonlar qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi. «Napoli»ning o‘yin boshida va oxirida kiritgan to‘plariga «Atalanta» ikkinchi bo‘lim boshidagi yagona gol bilan javob qaytardi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng neapolliklar ikkinchi o‘rinni o‘zlarida saqlab qoldi. Klub 7 o‘yindan buyon mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Chempionat doirasida klub so‘nggi marta sentyabr oyida «Yuventus»ga yutqazgan edi.

Italiya chempionati
14-tur, 3 dekabr
Atalanta – Napoli 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 2 Fabian Ruis, 1:1 – 56 Sapata, 1:2 – 85 Milik.
Atalanta – Berisha, Manchini (Tumminello, 89), Palomino, Masello, Xatebur, de Ron, Froyler, Gosens, Gomes, Rigoni (Valsania, 71), Sapata.
Napoli – Ospina, Maksimovich (Xyusay, 77), Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Gamshik, Fabian Ruis (Zelinski, 77), Mertens (Milik, 82), Insine.
Ogohlantirishlar: Allan (14), Masello (61), Mariu Ruy (78).

15-tur
7 dekabr (juma)

00:30. Yuventus - Inter

8 dekabr (shanba)
19:00. Napoli – Frozinone
22:00. Kalyari – roma
00:30. Latsio – Sampdoriya

9 dekabr (yakshanba)
16:30. Sassuolo – Fiorentina
19:00. Empoli – Bolonya
19:00. Udineze – Atalalnta
19:00. Parma – Kevo
22:00. Jenoa – SPAL
00:30. Milan - Torino

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz