Узбек O'zbek
Afg‘oniston U20 futzalchilari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
Seshanba, 04 Dekabr
1700

Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari yakunlandi.

A guruhida Eron U20, V guruhida Qirg‘iziston U20 terma jamoalari 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.

2-o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasida yana bir yo‘llanma o‘ynaldi. Unda Afg‘oniston yoshlari Tojikistonni 4:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempionatiga yo‘l olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U20 V guruhida so‘nggi o‘rinni egallab, saralashni sharmandalarcha tark etgan edi.

4 dekabr 
Uchinchi yo‘llanma uchun bahs
Afg‘oniston – Tojikiston 4:1

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz