Узбек O'zbek
«Barselona» «Kamp Nou»ning nomi o‘zgarishiga rozi bo‘ldi
Shanba, 01 Dekabr
5916

«Barselona» «Kamp Nou» stadionining nomiga egalik qilish huquqini sotish bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti.

Rac1 kanalining ma’lum qilishicha, «Barsa» bu huquqni Grifols farmatsevtik kompaniyasiga sotib yuborishi kutilmoqda. Ushbu kompaniya qon plazmasi asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va 1940 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi.

Grifols Kataloniyadagi basketbol klublarining aksiyalariga ham egalik qiladi. Masalan, sentyabr oyida kompaniya «Badalona» yoshlar jamoasini 3,7 mln yevro evaziga qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq «Barselona»ning uy stadionini nomlash huquqi uchun Mediapro da’vogarlik qilgan edi. Kompaniya asoschilaridan biri Jaume Roures buning uchun klubga 300 mln yevro taklif qilgan, ammo bu «ko‘k-anorranglilar»ni qoniqtirmagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz