Узбек O'zbek
Libertadores Kubogi finali «Santyago Bernabeu»da o‘tishi mumkin
Juma, 30 Noyabr
2249

Argentinaning ikkita klubi - «River Pleyt» va «Boka Xuniors» o‘rtasidagi Libertadores Kubogi finalining javob bahsi Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkazilishi mumkin.

Klub rahbarlari bunga rozilik bildirishgan, bellashuv 8 yoki 9 dekabr kuniga rejalashtirilyapti.

Bu o‘yin «River» fanatlarining «Boka» avtobusiga uyushtirgan hujumidan so‘ng, qoldirilgan edi. Avvalroq, Paragvay, Braziliya va Italiya turnirning final bahsini qabul qilishga tayyorligini bildirishgandi.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni o‘tkazilgan dastlabki bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

Libertadores Kubogi – Chempionlar Ligasiga o‘xshash turnir bo‘lib, unda Janubiy Amerikaning eng yaxshi klublari ishtirok etishadi. Musobaqa g‘olibi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz