Узбек O'zbek
Libertadores Kubogi finali Ispaniyada o‘tkaziladi
Juma, 30 Noyabr
3065

Argentinaning ikkita klubi - «River Pleyt» va «Boka Xuniors» o‘rtasidagi Libertadores Kubogi finalining javob bahsi Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkaziladi.

Bu haqda klublar, FIFA, KONMEBOL va Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi kelishib olishdi. 

O‘yin 10 dekabr kuni soat 00:45da boshlanadi.

Bu bahs «River» fanatlarining «Boka» avtobusiga uyushtirgan hujumidan so‘ng, qoldirilgan edi. 11 noyabr kuni o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan.

Libertadores Kubogi – Chempionlar Ligasiga o‘xshash turnir bo‘lib, unda Janubiy Amerikaning eng yaxshi klublari qatnashadi. Musobaqa g‘olibi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz