Узбек O'zbek
«Milan» oxirgi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Napoli» muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Dushanba, 26 Noyabr
3687

Italiya chempionatining 13-turida «Latsio» «Milan»ni qabul qildi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

«Milan» 78-daqiqada Frank Kessiyening aniq zarbasi evaziga hisobni ochgandi, ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida Xoakin Korrea hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, «Latsio» mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi (bir g‘alaba, ikki durang), milanliklar jamoasi qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi (bir durang, bir mag‘lubiyat).

Bu natijadan keyin «Latsio» (23) va «Milan» (22) to‘rtinchi va beshinchi o‘rinda joylashgan. 

Bu turda «Napoli» turnir jadvali autsayderi «Kevo»ni yenga olmadi. Neapoldagi «San-Paolo» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

«Napoli» endi 29 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda joylashgan, ammo Karlo Anchelotti shogirdlari endi turnir jadvali peshqadami «Yuventus»dan 8 ochko ortda qolmoqda.

Bu turda «Empoli» «Atalanta»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. «Atalanta» safida gollarga Remo Froyler va Xans Xatebur mualliflik qildi. G‘oliblarning gollari Antonino la Gumin va Matias Silvestre tomonidan urildi. Uchinchi gol Andrea Maziyello hisobiga avtogol sifatida yozildi.

13-tur doirasidagi yana bir uchrashuv Bolonyada kechib, bu o‘yinda mezbonlar «Fiorentina»ni qabul qildi. Bu o‘yinda hisob ochilmadi - 0:0.

Italiya chempionati
13-tur
Latsio – Milan 1:1 (0:0, 1:1)
Gol: 0:1 – 78 Kessie, 1:1 – 90 Korrea.
Latsio – Strakosha, Uolles, Radu (Kaysedo, 82), Marushich, Acherbi, Milinkovich-Savich (Lukaku, 65), Lulich, Luis Alberto (Korrea, 65), Parolo, Badel, Immobile.
Milan – Donnarumma, Sapata, Rodriges, Kalabriya, Abate, Chalxanoglu, Kessie, Borini, Bakayoko, Suso, Kutrone.
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Donnarumma (86).

Napoli – Kevo 0:0 (0:0, 0:0)
Napoli – Karnezis, Malkyui, Albiol, Kulibali, Xyusay (Mariu Ruy, 74), Kalexon, Zelinski, Diavara (Allan, 59), Una (Milik, 59), Mertens, Insine.
Kevo – Sorrentino, Depaoli, Bani, Rossettini, Barba, Radovanovich, Xetemay, Obi (Stempinski, 65), Birsa, Medjorini (Kachchatore, 75), Pellisse (Kiyine, 62).
Ogohlantirishlar: Diavara (21), Barba (57), Xetemay (77), Mariu Ruy (84). 

Parma – Sassuolo 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 6 Jervino, 2:0 – 25 Brunu Alvesh, 2:1 – 36, penalti El-Babakar.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni (Gatssola, 81), Galolo, Grassi, Skotssarella (Shtulats, 87), Barilla, Siligardi (Biabiani, 66), Ingleze, Jervino.
Sassuolo –  Konsili, Marlon, Manyani, Ferrari, Rojerio, Dankan (Matri, 78), Manyanelli (Djurichich, 60), Berardi, Boateng (Sensi, 60), Burabiya, El-Babakar.
Ogohlantirishlar: Ingleze (20), Brunu Alvesh (36), Bastoni (39), Dankan (62), Marlon (82), Ferrari (88), Konsili (90) 

Empoli – Atalanta 3:2 (1:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 33 Froyler, 0:2 – 40 Xatebur, 1:2 – 42 la Gumina, 2:2 – 77, avtogol Masello, 3:2 – 90 Silvestre.
Empoli – Provedel, Di Lorenso, Veseli, Silvestre, Mayetta, Paskual, Krunich (Zays, 72), Bennaser, Traore (Akkua, 85), Kaputo, la Gumina (Mchedlidze, 89).
Atalanta –  Berisha, Toloi (Manchini, 46), Gimshiti, Masello (Palomino, 88), Xatebur, de Ron, Froyler, Gosens, Gomes, Ilichich, Sapata (Pashalich, 46).
Ogohlantirishlar: Veseli (24), Masello (38), Mayetta (67), Gosens (69).
Chetlatish: Ilichich (84).

Bolonya – Fiorentina 0:0 (0:0, 0:0)
Bolonya – Skorupski, Kalabrezi, Larangeyra, Xelander, Mattello (Deyks, 87), Poli, Pulgar, Svanberg (Kreychi, 56), Orsolini (Djemaili, 72), Santander, Palasio.
Fiorentina – Lafon, Milenkovich, Chekkerini, Vitor Ugo, Biragi, Benassi (Dabo, 87), Veretu, Fernandesh, Jerson (Miralyas, 80), Simeone (Tereo, 72), Keza.
Ogohlantirishlar: Vitor Ugo (47), Kalabrezi (60), Kreychi (74), Palasio (88).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz