Узбек O'zbek
Odil Ahmedov O‘zbekistonga qaytishi va Babayan murabbiyligidagi terma jamoaga yetishmagan jihat haqida gapirdi
Payshanba, 22 Noyabr
12314

«Shanxay SIPG» yarimhimoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekistonga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi. U KUN.UZ nashri bilan suhbatda O‘zbekiston chempionatiga qaytgan taqdirda qaysi klub libosini kiyishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rmaganini aytib o‘tdi.

«Bularning hammasi mish-mish. Hali bir yil shartnomam bor, buni o‘zim bekor qila olmayman. Shuning uchun hali qaysi jamoada to‘p surishimni o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q», dedi Odil Ahmedov.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori, shuningdek, Samvel Babayan qo‘l ostida JCH-2018 saralashining muvaffaqiyatsiz yakunlanganiga ham izoh berib o‘tdi.

«Samvel Babayan boshchiligida vaziyatlarga so‘nggi nuqtani qo‘yadigan futbolchilar yetishmadi. Chunki yaxshi futbolchilar yig‘ilgandi, harakat qildik. Oxirida bitta gol yetishmadi. Shuning uchun ham Jahon chempionatidan qolib ketdik», - deydi Ahmedov.

Intervyuning to‘liq varianti bilan KUN.UZ`ning YouTube va Mover`dagi kanallarida tanishishingiz mumkin.

Video: Tas-IX

Video: Youtube.com

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz