Узбек O'zbek
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Braziliya Neymarning goli evaziga Urugvayni mag‘lub etdi, Argentina Meksika ustidan g‘alaba qozondi
Shanba, 17 Noyabr
4552

FIFA kunlari doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari Lotin Amerikasi mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Braziliya termasi Urugvay bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alab qozondi. Londondagi «Emireyts» stadionida o‘tgan o‘yindagi yagona gol 76-daqiqada Neymar tomonidan penaltidan urildi. Ta’kidlash kerak, pentakampeonlar JCH-2018 chorak finalida Belgiyaga yutqazganidan keyingi beshta o‘rtoqlik uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi va biror marta ham darvozasidan to‘p olib chiqqani yo‘q.

Yana bir bahs Argentina va Meksika termalari o‘rtasida kechdi. Unda 2:0 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Mintaqaning yani ikki vakili Chili – Kosta-Rika bahsida mehmonlar g‘olib chiqdi – 2:3.

Bugun, 17 noyabr kuni faqat ikkita o‘rtoqlik bahsi bo‘lib o‘tadi. 20 noyabrda O‘zbekiston termasi bilan kuch sinashadigan Janubiy Koreya Avstraliyada mezbyuon yurt terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Shuningdek, kun taqvimidan Iordaniya – Hindiston uchrashuvi ham o‘rin olgan.

O‘rtoqlik учрашувлари
16 noyabr
Braziliya – Urugvay 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76, penalti Neymar.
Braziliya – Alisson, Danilo, Markinos, Miranda, Filipe Luis, Renato Augusto (Allan, 59), Artur, Uolas, Duglas Kosta (Risharlison, 67), Firmino, Neymar.
Urugvay – Kampanya, Mendes, Kaseres, Suares (Lemos, 81), Vesino (Valverde, 85), Laksalt, Bentankur, Pereyro (Rodriges, 77), Torreyra, Kavani, Suares.
Ogohlantirishlar: Torreyra (24), Suares (36), Duglas Kosta (40), Vesino (41), Uolas (43), Suares (75), Kaseres (80), Kavani (86).

Argentina – Meksika 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar
: 1:0 – 44 Funes Mori, 2:0 – 83, avtogol Brisuela.
Argentina – Markesin, Saraviya, Funes Mori, Foyt, Talyafiko, Paredes (Ximenes, 88), Lo Chelso (Mesa, 67), Korrea (de Paul, 46), Akunya (Lamela, 89), Martines (Ikardi, 57), Dibala (Vaskes, 72).
Meksika – Ochoa, Reyes, Rodriges (Dominges, 46), Arauxo, Layyun (Brisuela, 79), Guterres (Alvarado, 74), Galyardo (Arteaga, 46), Fabian (Gusman, 46), Guemes, Pulido (Saldivar, 46), Ximenes.
Ogohlantirishlar:Fabian (19), Korrea (24).

Chili – Kosta-Rika 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 36 Uoston, 0:2 – 59 Uoston, 0:3 – 64 Matarrita, 1:3 – 70 Vegas, 2:3 – 90 Sanches.
Chili – Errera, Maripan, Roko (Reyes, 39), Isla (Bolados, 75), Vegas (Sagal, 75), Vidal, Medel, Sanches, Pulgar, Fernandes (Opaso, 46), Paredes (Kastilo, 65).
Kosta-Rika – Alvarado, Gonsales, Uoston, Matarrita (Mora, 82), Kalvo, Krus (Flores, 84), Smit (Salinas, 88), Ruis (Kubero, 70), Borxes, Kempbell (Leal, 82), Makdonald (Djordj, 76).
Ogohlantirishlar: Isla (52), Matarrita (52), Gonsales (61), Uoston (81), Medel (85), Reyes (88), Maripan (90).

Falastin – Pokiston – 2:1

BAA - Boliviya - 0:0

Ummon - Suriya - 1:1 (1:1).
Gollar: Joxar, 30 (1:0) - Umariy, 45 (1:1)

Saudiya Arabistoni – Yaman – 1:0 (1:0)
Gol: Abdulrahmon G‘arib (33)

17 noyabr
13:50. Avstraliya – Janubiy Koreya
22:00. Iordaniya – Hindiston

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz