Узбек O'zbek
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogini yangi dizayndagi libosda boshlaydi
Seshanba, 13 Noyabr
8857

JAKO kompaniyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Osiyo Kubogi uchun maxsus dizayndagi liboslar tayyorlashni boshladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Germaniyaning ushbu kompaniyasi liboslaridan ilk marotaba Osiyo Kubogi o‘yinlarida foydalaniladi. Liboslarda o‘zbek millatiga xos belgilar aks etishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni O‘FA va JAKO o‘rtasida 3 yil muddatga hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga asosan nemislar JCH-2020 sikli yakuniga qadar O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga epikirovkalarni tekinga yetkazib beradi. Olimpiya terma jamoasi esa oldiroq erishilgan kelishuv bo‘yicha PRES-JOG tomonidan kiyintiriladi.

«JAKO bir yilda 365 komplekt yetkazib berib turadi. Hamasi tekinga. Ichida 96 xil narsasi bo‘ladi, kurtkalaridan tortib, paypog‘igacha. Taqqoslash uchun, Adidas atigi 20 xil kiyimdan iborat komplekt taklif qilgandi.

Osiyo kubogi uchun ham maxsus forma qilib beriladi. Keyinroq, alohida dizayn ishlab chiqilib, hamisha shu dizayndagi liboslar kiyiladi», deya ma’lum qilgan edi O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 2011 va 2015 yilgi Osiyo kuboklarida Ispaniyaning JOMA kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan liboslarda to‘p surgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz