Узбек O'zbek
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida muddatidan oldin barcha sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi
Dushanba, 12 Noyabr
1930

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sekin-asta o‘z nihoyasiga yetib bormoqda.

10-11 noyabr kunlari Superligada 21-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. PFL rasmiy saytiga ko‘ra, qayd etilgan natijalar hisobiga chempionat tugashidan bir tur oldin chempion, vitse-chempion va 3-o‘rin sohiblari nomi aniq bo‘ldi.

Oxirgi 3 mavsumdan buyon chempionat oltin medallariga ega bo‘lib kelayotgan OKMK 21-turda «Lokomotiv»ga qarshi bahs olib bordi va ikkala kungi o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Natijada olmaliqliklar hisobidagi ochkolar soni 111 taga yetdi va 2-o‘rindagi «Paxtakor» (102 ochko) so‘nggi turdagi ikkala o‘yinda 6 ochko olsa ham OKMKga yeta olmasligi oydinlashdi.

Shu tariqa, OKMK qatorasiga to‘rtinchi marotaba O‘zbekiston chempioni unvoniga ega chiqdi. Kumush medallar «Paxtakor» futzalchilariga, bronza medallari esa «Neftchi» vakillariga nasib etadigan bo‘ldi.

21-tur natijalari
10 noyabr 

«Neftchi» - «Qizilqum» 7:6 
«Nasaf» - «Bunyodkor» 5:3 
«Paxtakor» - «Metallurg» 3:2 
OKMK - «Lokomotiv» 12:1 
«So‘g‘diyona» - «Buxoro» 7:2 
«Navbahor» - «Qo‘qon-1912» 8:6

11 noyabr
«Neftchi» - «Qizilqum» 10:1 
«Nasaf» - «Bunyodkor» 2:10 
«Paxtakor» - «Metallurg» 3:3 
OKMK - «Lokomotiv» 4:0 
«So‘g‘diyona» - «Buxoro» 3:0 
«Navbahor» - «Qo‘qon-1912» 6:1

So‘nggi 22-tur o‘yinlari 17-18 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Ayni vaqtdagi yuqori uchlik vaziyati quyidagicha:

O‘zbekiston futzal chempionatlarining barcha sovrindorlari:

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz