Узбек O'zbek
Karius «Liverpul»ga qaytarib yuborilishi mumkin
Seshanba, 30 Oktabr
7377

Shu yozda ijara huquqi asosida «Liverpul»dan «Beshiktosh»ga o‘tgan darvozabon Loris Karius tez orada ortga qaytishi mumkin.

FotoMac`ning ma’lum qilishicha, Istanbul klubi rahbariyati posbonning o‘yinlaridan qoniqmayapti va shu boisdan shartnomani muddatidan oldin bekor qilmoqchi.

Qo‘shimcha qilinishicha, turklar mersisaydliklarning bu mavsumda hali birorta o‘yinda maydonga tushmagan hujumchisi Divok Origini qo‘lgi kiritish niyatidan qaytmagan. «Beshiktosh» uni keyinchalik to‘la sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Karius yangi jamoasining 10 ta o‘yinida 15 marta to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lib, faqat bitta uchrashuvni «quruq» o‘tkazgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz