Узбек O'zbek
«FIFA sindromi». «Manchester Siti» futbolchisi jarohat oldi
Payshanba, 18 Oktabr
4246

«Manchester Siti»ning braziliyalik himoyachisi Danilo Argentinaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) o‘yinni yakunlay olmagan.

O‘yinning 53-daqiqasida u jarohat olib, ko‘zda yosh bilan maydonni tark etgan, uning o‘rniga Fabino tushirilgan.

Hozircha futbolchining jarohati darajasi ma’lum emas. U APLning 9-tur uchrashuvlari doirasida 20 oktyabr kuni «Byornli»ga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Bundan avvalroq Braziliya va Argentina uchrashuvi vaqtida argentinaliklar hujumchisi Paulo Dibala ham jarohat tufayli safdan chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz