Узбек O'zbek
Neymar Braziliya termasida o‘z natijasini yaxshilashda davom etmoqda
Chorshanba, 17 Oktabr
6048

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Argentinaga qarshi kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvida shaxsiy natijasini yaxshiladi.

Neymar ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Mirandaga golli pas yetkazib berdi. Bu orqali forvard «gol+pas»tizimida ochkolari sonini 100taga yetkazdi (59 gol va 41 golli pas). Bu natijaga erishish uchun Neymar «selesao» safida 94 o‘yinda maydonga tushishi yetarli bo‘ldi.

26 yoshli Neymar milliy terma jamoada 2010 yildan buyon o‘ynab kelmoqda va terma jamoa tarixidagi uchinchi to‘purar bo‘lib turibdi. Braziliya termasida undan ko‘proq golni faqat Pele (92 o‘yinda 77 gol) va Ronaldo (98 o‘yinda 62 gol).

Shu bilan birga Neymar terma jamoada ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha top-10ga kirgan, u Jilmarni ortda qoldirdi. Bu boradagi eng yaxshi natija Kafu tomonidan qayd etilgan, u Braziliya termasi libosida 142 marta maydonga tushgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz