Узбек O'zbek
«FIFA virusi». Dibala ham jarohat oldi
Chorshanba, 17 Oktabr
3750

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala Argentina terma jamoasining Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi (0:1) vaqtida jarohat olgan va o‘yinning 58-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.

FOX Sports manbasi xabariga ko‘ra, uning tizzasidan olgan jarohati jiddiy emas, ammo forvard Turinga qaytgach, jiddiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va uning haqiqiy holati ma’lum bo‘ladi.

Italiya chempionatining navbatdagi turida «Yuventus» o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qiladi, ushbu o‘yinda Dibalaga dam berilishi kutilmoqda, u keyinroq Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda jamoaga yordam berishi mumkin.

Joriy mavsumda argentinalik forvard Italiya chempionati doirasida 7 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Bundan avvalroq «Liverpul»ning 4 asosiy futbolchisi terma jamoa o‘yinlarida jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz