Узбек O'zbek
Neymar: «Messining safda emasligi Braziliya termasi uchun yaxshi yangilik»
Seshanba, 16 Oktabr
4911

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Argentinaga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘z mulohazalarini bildirirar edkan, raqib jamoa yetakchisi Lionel Messining safda emasligiga e’tibor qaratdi.

«Messi bunday o‘yinda ishtirok etmasa, bu muxlislar uchun yomon. Braziliya terma jamoasi uchun esa bu – yaxshi yangilik. Biz hech qachon Argentina termasiga past nazar bilan qaramaganmiz. Ularning safida Dibala bor, men uning o‘yinlariga befarq emasman.

Biz diqqatni bir joyga jamlashimiz kerak. Bahs oson bo‘lmaydi. Bu o‘yinda favorit yo‘q», - deya aytib o‘tdi braziliyalik futbolchi Goal bilan suhbatda.

Braziliya – Argentina o‘rtoqlik uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Uchrashuv Saudiya Arabistonida, Jiddadan 60 km uzoqlikda joylashgan «qirol Abdulloh sport shaharchasi» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni ushbu bahs uchun boshlang‘ich tarkibni bir kun oldin e’lon qilgan bo‘lib, unga ko‘ra Romero, Savariya, Otamendi, Petsselya, Talyafiko, Paredes, Battalya, Lo Chelso, Dibala, Ikardi va Korrea o‘yinni dastlabki daqiqalardan boshlaydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz