Узбек O'zbek
Sarri hozirgi italyan futbolidagi eng yaxshi uch futbolchi kimligini aytdi
Yakshanba, 14 Oktabr
7626

«Chelsi» bosh murabbiyi Mauritsio Sarridan Italiya terma jamoasining hozirgi tarkibidagi eng yaxshi uch o‘yinchi haqida so‘rashdi.

«Insine – ayni damda eng yaxshi italiyalik futbolchi. O‘ziga ishonch orttirgani uning faoliyatidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. U maydonda hamma narsa qila oladi. Endi u o‘sishda davom etishi kerak.

Lorensodan keyingi o‘ringa Federiko Bernardeskini qo‘ygan bo‘lardim, u tez orada jahon darajasidagi o‘yinchiga aylanadi. Federiko Kezani esa uchinchi pog‘onaga loyiq ko‘raman. U haqiqiy iqtidor egasi, chanqoq va harakatchan. Unda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha imkoniyatlar yetarli», - degan Sarridani iqtibos keltirib o‘tdi Corriere dello Sport.

UEFA Millatlar ligasining 4-turi doirasida Italiya Polshaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bugun Xojuvda (Polsha), Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz