Узбек O'zbek
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Italiya Ukrainani mag‘lub eta olmadi
Payshanba, 11 Oktabr
3651

Italiya va Ukraina terma jamoalari Millatlar ligasining navbatdagi o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Genuyada o‘tgan bahsda kuchlar teng keldi – 1:1.

Uchrashuvning 55-daqiqasida Alessandro Florensining to‘p uzatishidan so‘ng mezbonlar hujumchisi Federiko Bernardeski hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Ukraina muvozanatni tikladi: himoyachi Nikita Burdadan pas qabul qilib olgan xavbek Ruslan Malinovski gol muallifiga aylandi.

Millatlar ligasining 4-turida Italiya 14 oktyabr kuni Polsha mehmoni bo‘ladi. Ukraina esa 16 oktyabrda Chexiyani qabul qiladi.

10 oktyabr kuni, shuningdek, yana ikkita o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Dastlab Indoneziya Myanmani 3:0 hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, so‘ng Albaniya va Iordaniya terma jamoalari golsiz durang qayd etdi.

11 oktyabr kuni jahon bo‘ylab terma jamoalar ishtirokida quyidagi uchrashulvar bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilmoqda).

O‘rtoqlik uchrashuvi
Italiya – Ukraina 1:1
(0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 55 Bernardeski, 1:1 – 62 Malinovskiy.
Italiya – Donnarumma, Biragi (Krishito, 88), Kellini, Bonuchchi, Florensi (Pichchini, 84), Bernardeski (Immobile, 57), Verratti (Bonaventura, 70), Keza, Jorjino, Insine (Berardi, 78), Barella (Pellegrini, 78).
Ukraina – Pyatov, Burda, Matviyenko, Rakitskiy (Krivsov, 88), Karavayev, Konoplyanka (Petryak, 73), Marlos (Sыgankov, 46), Sidorchuk (Stepanenko, 56), Zinchenko, Malinovskiy, Yaremchuk (Kravets, 76; Butko, 90).
Ogohlantirishlar: Rakitskiy (36), Burda (47), Verratti (51), Keza (90).

O‘rtoqlik uchrashuvlari
17:00. Hongkong – Tailand
21:00. Kuvayt – Livan
21:00. BAA – Honduras
21:15. Bahrayn – Suriya
22:30. Turkiya – Bosniya va Gersegovina
22:45. Argentina – Iroq
23:45. Uels – Ispaniya
23:59. Fransiya – Islandiya
04:30 (Toshkentda 12 oktyabr). AQSH – Kolumbiya
06:30 (Toshkentda 12 oktyabr). Meksika – Kosta-Rika

Millatlar ligasi
23:45. Farer orollari – Ozarbayjon
23:45. Kosovo – Malta
23:45. Litva – Ruminiya
23:45. Qoratog‘ – Serbiya
23:45. Isroil – Shotlandiya
23:45. Polsha – Portugaliya
00:45. Rossiya – Shvetsiya

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz