Узбек O'zbek
Italiya termasi deyarli 100 yil oldingi salbiy natijasini takrorlayapti
Payshanba, 11 Oktabr
1912

Italiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Ukraina bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi va o‘z maydonidagi g‘alabasiz o‘yinlari seriyasini beshtaga yetkazib qo‘ydi.

Ukraina bilan o‘yinga qadar «skuadra adzurra» Italiyada Millatlar ligasining Polshaga qarshi kechgan o‘yini (7 sentyabr) va Gollandiya bilan o‘rtoqlik bahsida (4 iyun) ham 1:1 hisobini qayd etgandi. Jamoa undan oldin JCH-2018 saralashi doirasida Shvetsiya bilan 0:0 o‘ynagan (13 noyabr, 2017 yil) va Makedoniya bilan durangga imzo chekkandi (1:1, 6 oktyabr, 2017 yil).

Jahonning 4 karra chempioni hisoblanuvchi italyanlar oxirgi marta 93 yil oldin, 1923-1925 yillar mobaynida o‘z maydonlarida ketma-ket beshta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan edi.

28 may kuni Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o‘yinda Italiya ramziy mezbon sifatida to‘p surgan, o‘yin Shveysariyaning Sankt-Gallen shahrida bo‘lib o‘tgan edi (2:1).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Italiya 60 yil ichida ilk marta mundial final bosqichiga chiqa olmagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz