Узбек O'zbek
Ventura Italiyani nima uchun JCH-2018 ga olib chiqa olmaganini aytdi
Dushanba, 08 Oktabr
4809

Italiya termasining sobiq bosh murabbiyi Jampero Ventura jamoani JCH-2018 final bosqichiga olib chiqa olmagani sabablari haqida gapirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, italyanlar o‘tish o‘yinlarida Shvetsiyaga imkoniyatni boy berishgandi.

«Italiya – Shvetsiya? O‘sha paytda jamoada muhit yo‘q edi, g‘alaba uchun shart-sharoit bo‘lmagan. Men barcha aybni o‘z zimmamga olaman. Shvetsiya bilan o‘yindan keyin rafiqamdan boshqa hech kim yonimda bo‘lgani yo‘q.

O‘yinchilardan bir necha marotaba Buffon bilan gaplashdim. Men ortiq bu ishga qo‘l urmayman.

Hozir italyan futboli uchun juda qiyin. Muammomiz shundaki, bu tizim barchasini murakkablashtiryapti. Menga nisbatan hurmat bo‘lgani yo‘q. Men dunyodagi barcha tanqidlarga dosh berishim mumkin, ammo o‘z shaxsimga nisbatan hujumlarga emas», - degan Venturaning so‘zlarini e’lon qildi Canale 5.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz