Узбек O'zbek
Chempionlar ligasida A Seriya klublari uchun noyob holat kuzatildi
Payshanba, 04 Oktabr
8179

Italiya A Seriyasining barcha vakillari Chempionlar ligasining 2-turida 3 ochko sohibi bo‘ldi.

Jumladan, «Inter» PSVni mag‘lub etdi (2:1), «Napoli» «Liverpul»dan ustun keldi (1:0), «Roma» «Viktoriya»ni taslim etdi (5:0) va «Yuventus» «Yang Boyz» ustidan g‘alabaga erishdi (3:0).

Shu tariqa, 13 yilda ilk marta Chempionlar ligasining bir turida 4 ta italyan jamoasi g‘alabaga erishdi.

2005 yil noyabyur oyida guruh bosqichining 5-turida «Milan», «Inter», «Yuventus» va «Udineze» klublari raqiblaridan ustun kelgan, o‘shanda ham ulardan ikkitasi («Milan» va «Inter») yirik hisobda g‘alaba qozongan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz