Узбек O'zbek
Alisher Usmonov: «Paxtakor» - mening eng birinchi sevimli jamoam»
Seshanba, 02 Oktabr
9099

«Arsenal» klubining sobiq aksiyadori, biznesmen Alisher Usmonov «Rossiya 1» telekanalining o‘ziga bag‘ishlangan intervyu-кўрсатувида futbol haqida gapirar ekan, Toshkentning «Paxtakor» klubiga qanday munosabatda ekaniga to‘xtalib o‘tdi.

«Moliyaviy jihatdan gapiradigan bo‘lsam, daromadimni do‘stlarimning maslahatlari bilan mening eng birinchi sevimli jamoam - «Paxtakor»ga yo‘naltiraman. Men haqiqatan ham o‘sishni istaydigan odamlarga yordam beraman» - deya ta’kidladi Usmonov.

65 yoshli biznesmen ko‘rsatuvni suratga olish jarayonida «Paxtakor» stadionida ham bo‘lgan va maydonning holatiga baho bergan: «Maydon chimi ajoyib holatda». Jurnalistning «Buni qanday bildingiz, axir uzoqdan turib kuzatyapsiz-ku», degan savoliga Alisher Usmonov: «Qanaqasiga, axir shu yerdan ko‘rib turibman. Chim yaxshilab o‘rilmagan. O‘tlar baland bo‘lib qolgan», - deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Paxtakor» klubi nizom jamg‘armasining 80 foizi Alisher Usmonovga tegishli. U hozirga qadar klubni rivojlantirish uchun 20 million dollar miqdorida sarmoya kiritgan.

Shuningdek, avvalroq 1959 yilda qurilgan «Paxtakor» stadioni o‘rnida yangi arena qurilishi mo‘ljallanayotgani ham ma’lum bo‘lgan edi. Barcha qulayliklarga ega, FIFA talablari asosida bunyod etiladigan zamonaviy stadionning loyiha qiymati 100 million dollarni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Alisher Usmonov Angliyada sportga siyosatning ta’siri haddan ortiq darajada katta ekanini ta’kidlagani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz