Узбек O'zbek
Maradona Messiga Argentina terma jamoasidan butunlay bosh olib ketishni maslahat berdi
Dushanba, 01 Oktabr
5704

Argentina termasi afsonasi Diyego Maradona jamoa sardori Lionel Messiga xalqaro faoliyatini yakunlashni maslahat berdi. Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yarimhimoyachisi Argentina futbol federatsiyasidan 2019 yil oxiriga qadar o‘zini terma jamoaga chaqirmay turishlarini so‘ragan.

«Men Messiga umuman termaga qaytmaslikni maslahat bergan bo‘lardim. Terma jamoada hamma narsaga uni aybdor qilishadi. Hatto yoshlar termasi mag‘lub bo‘lsa ham...

Biroz o‘zni chetga olib, hammasi uchun javobgarlikni kim bo‘yniga olishini kuzatib turadigan vaqt keldi. Argentina terma jamoasi ortiq meni ruhlantirmay qo‘ydi. Bu hammaga taalluqli. Biz kuchli shijoatni yo‘qotib qo‘ydik», - deya ta’kidlagan Maradona.

Eslatib o‘tamiz, kecha terma jamoaning sobiq futbolchisi Xuan Roman Rikelme Messining yana milliy terma safiga qaytishiga umid bildirgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz