Узбек O'zbek
Messi yana Argentina terma jamoasiga chaqirilmadi
Shanba, 29 Sentabr
2070

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Lionel Skaloni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi, «Manchester Siti» to‘purari Serxio Aguero va «Milan» hujumchisi Gonsalo Iguainni navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqirmadi.

Tarkib quyidagicha:
Darvozabonlar: Romero, Rulli, Armani.
Himoyachilar: Otamendi, Mori, Petsselya, Kannemann, Foys, Talyafiko, Franko, Bustos, Saravia.
Yarimhimoyachilar: Askasibar, Paredes, Lo Chelso, Vaskes, De Paul, Pereyra, Salvio, Chervi, Battalya, Aguna, Meza, Palasios.
Hujumchilar: Pavon, G. Martinez, Dibala, Ikardi, L. Martinez, Korrea, Simeone.

Argentina terma jamoasi 11 oktyabr kuni Iroq bilan, 16 oktyabr kuni Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Messi sentyabr oyidagi o‘rtoqlik bahslariga ham chaqirilmagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz