Узбек O'zbek
Pirlo va Kannavaro murabbiylik litsenziyasini oldi
Juma, 28 Sentabr
1732

A Seriyaning sobiq taniqli futbolchilari – Andrea Pirlo, Gabriel Batistuta, Alberto Jilardino, Paolo Kannavaro, Paolo Montero, Tyago Motta, Xose Chamot va Matuzalem UEFAning murabbiylar uchun «A» litsenziyasini olishdi. Bu haqda Italiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ushbu toifadagi litsenziyalar bilan mutaxassislar yoshlar va ayollar jamoalariga ustozlik qilishlari, shuningdek, A va B Seriyalardan quyi ligalarda bosh murabbiy sifatida ishlashlari mumkin.

Italiyaning birinchi va ikkinchi darajali chempionatlari vakillarini boshqarishlari uchun ular qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tishlari va yana bir litsenziya olishlari talab etiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz