Узбек O'zbek
Kassano italyan futbolining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisini aytdi
Juma, 28 Sentabr
7044

Kecha, 27 sentyabr kuni italyan futboli afsonasi Franchesko Totti 42 yoshga to‘ldi. 25 mavsum davomida «Roma» sharafini himoya qilgan futbolchi 42 yoshni qarshilagan kuni Kolizeyda o‘zining «Un Capitano» («Sardor») nomli avtobiografik kitobi taqdimotini o‘tkazdi.

Taqdimotga ko‘plab mehmonlar qatorida «Roma»ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano ham taklif etilgan. U sobiq jamoadoshini tug‘ilgan kuni bilan tabriklar ekan, ushbu afsonaviy futbolchining o‘ziga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida aytib o‘tdi.

«Men Franchesko bilan o‘ynash uchun «Yuventus» safida to‘p surishga rozi bo‘lmaganman. Totti – italyan futbolida barcha zamonlarning eng yaxshi o‘yinchisi. U tarixni yaratdi. Franchesko boshqa klubga o‘tib, ikkita «Oltin to‘p»ni yutishi mumkin edi, ammo o‘z yaqinlari va jamoasiga sodiq bo‘lib qoldi.

Men Rimga kelganimda uning oilasi amalda meni otaliqqa olgan edi.Fiorella menga uchinchi o‘g‘lidek munosabatda bo‘ldi», - deya ta’kidlab o‘tgan Kassano.

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz