Узбек O'zbek
Messi oktyabrda ham terma jamoaga chaqirilmaydi
Seshanba, 25 Sentabr
2129

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkazadigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilmaydi. Bu xabarni Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Lionel Skaloni Fox Sports nashriga tasdiqlagan.

«Messi bilan gaplashib oldim. Biz uni hamon terma jamoaga chaqirmay turish, qaydnomaga kiritmaslik ma’qulroq, degan fikrdamiz», - deb aytgan Skaloni.

Argentina terma jamoasi 11 oktyabr kuni Iroq, 16 oktyabrda Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Messi JCH-2018dan keyin xalqaro faoliyatida tanaffus olishga qaror qilgani, shu bois 2019 yilga qadar terma jamoa safida ko‘rinmasligi haqida xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2018da qiyinchilik bilan guruhdan chiqqan, nimchorak finalda bo‘lajak chempion Fransiya termasiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Argentinaliklar sardori musobaqada 1+2 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz