Узбек O'zbek
V Seriya o‘yinlari to‘xtatilmaydi
Chorshanba, 19 Sentabr
1338

Italiya V Seriyasi rahbariyati Milliy olimpiya qo‘mitasi bayonotiga qaramay, musobaqaning davom etishi haqida axborot berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha sud musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soniga (19 yoki 22) aniqlik kiritilmaguncha, Italiya 2-divizioni o‘yinlarini to‘xtatib turilishi haqida qaror chiqargan edi.

«Anglashilmovchilik yuz berdi. Mavsum davom etadi, uni to‘xtatib turilishi uchun hech qanday sabab yo‘q. Qo‘yilgan ayblovlar va e’tirozlar haqiqatdan yiroq va bu iqtisodiy, tashkiliy va homiylik zararlarini keltirib chiqarmoqda» - deb V Seriya rahbariyati bayonotini keltirmoqda Football Italia.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz