Узбек O'zbek
Dzyuba golni nishonlash uslubini kimdan o‘rgangani ma’lum bo‘ldi
Chorshanba, 19 Sentabr
8413

Rossiyalik mashhur tennischi Mixail Yujniy «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba golni nishonlash uslubini o‘zidan o‘rganganini aytdi.

«Bu ishora qanday paydo bo‘lgan? US Open turnirida David Nalbandyanni 5 setda mag‘lub etdim, so‘ngra muxlislarni shunday uslubda qutladim. Keyinchalik buni raketka bilan amalga oshira boshladim. Dzyuba tennisni yaxshi ko‘radi, ba’zan o‘ynab ham turadi. Endi bu ishoram Artyomga meros bo‘lib qoldi», - dedi Yujniy.

36 yoshli Mixail Yujniy 2006 va 2010 yillarda US Open yarimfinaligacha yetib borgan. U faoliyati davomida «Katta dubulg‘a» turnirlarida g‘alaba qozonmagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz