Узбек O'zbek
Iroq Argentina bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadigan bo‘ldi
Seshanba, 18 Sentabr
2051

Iroq terma jamoasi keyingi ikki o‘rtoqlik uchrashuvi uchun raqiblarini aniqlab oldi.

Mamlakat futbol assotsiatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, iroqliklar Argentina va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishga kelishib olishgan. Uchrashuvlar sanasi hali aniq belgilanganicha yo‘q.

Iroq termasi Osiyo qit’asi chempionligini qo‘lga kiritgan 7 jamoadan biri sanaladi. Jamoa 2007 yilgi Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistonini 1:0 hisobida mag‘lub etib, g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, 1982 yilgi Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasidagi chempionlik va 1986 yilda Jahon chempionatidagi ishtirok Iroq termasining eng asosiy yutuqlari sanaladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz