Узбек O'zbek
Saloh Misr terma jamoasining JCH-2018’dan keyingi ilk o‘yinida dubl qayd qildi
Yakshanba, 09 Sentabr
5614

Afrika millatlari kubogi saralash bosqichi doirasida Misr terma jamoasi 8 sentyabrda Niger terma jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuv misrliklarning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu uchrashuv Misr terma jamoasining yangi bosh murabbiyi, meksikalik Xaver Agirre boshchiligidagi birinchi o‘yin bo‘ldi. Agirre Misrga JCH-2018’dan keyin murabbiylik qila boshlagan. U jahon chempionatidan keyin iste’foga ketkazilgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper o‘rnini egallagandi. 

Uchrashuvning bosh qahramoni hujumchi Muhammad Saloh bo‘ldi. U o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli pasni yozib qo‘ydi. Salohning gollari soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi, biroq 26 yoshli futbolchi 2 ta 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshira olmadi. Shuningdek, Misr tarkibida Marvan Muhsin o‘z hisobiga 2 ta, Ayman Ashraf va Muhammad Al-Nanni bittadan gol yozib qo‘ydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz