Узбек O'zbek
Messisiz o‘ynagan Argentina o‘rtoqlik bahsida Gvatemalani yengdi
Shanba, 08 Sentabr
5440

FIFA kunlaridan foydalangan terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmoqdalar.

Argentina terma jamoasi AQSHda Gvatemala bilan bellashdi. Bu bahsda «oq-havoranglilar»ning yetakchisi Lionel Messi ishtirok etmadi. Birinchi bo‘limda Martines, Lo Chelso va Simeone tomonidan urilgan gollar Argentinaga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi.

O‘rtoqlik o‘yini
Argentina – Gvatemala 3:0 (3:0, 0:0)

8 sentyabr, «Los Angeles Memorial Coliseum» 
Gollar: 1:0 – 27, penalti Martines, 2:0 – 35 Lo Chelso, 3:0 – 44 Simeone. 
Argentina – Ruli, Talyafiko, Funes Mori (Kannemann, 66), Petsselya (Franko, 56), Saraviya, Paredes (Askasibar, 46), Palasios (Servi, 66), Martines (Vaskes, 56), Lo Chelso, Pavon (Vargas, 46), Simeone.
Gvatemala – Motta, Morales, Vaskes (Galyardo, 46), Yanes (Ximenes, 46), Moreyra, Vargas (Peres, 46), Norales (Sebalos, 63), Kontreras (Makal, 70), Saraviya (Markes, 59), de Leon, Martines.
Ogohlantirishlar: Norales (51), Kontreras (58), Vaskes (63), Markes (70), Talyafiko (79), Simeone (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz