Узбек O'zbek
Usmonov boshqa futbol klubini sotib olishi mumkin
Juma, 07 Sentabr
12023

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Angliyaning yana bir klubiga sarmoya kiritishi mumkin, deb ta’kidlamoqda Mirror.

64 yoshli tadbirkor «Charlton» klubini sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.

Londonliklarning hozirgi egasi Rolan Dyushatele 2014 yilda klub aksiyalarining nazorat paketini 20 million funtga xarid qilgan edi. Endi esa shu narxga ulardan qutulishga tayyor. Hozircha, Dyushatele xaridor topolmayapti. «Charlton» esa unga yiliga 10 million funt zarar keltirmoqda.

«Charlton» 11 yil oldin APLni tark etgan edi. Jamoa hozirda uchinchi divizionda 6 turdan so‘ng, 10-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Usmonov «Arsenal»dagi aksiyalarini klub xo‘jayini Sten Kronkega sotib yuborgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz