Узбек O'zbek
Argentina termasi ustozi Messining terma jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi
Juma, 07 Sentabr
6158

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Lionel Skalonidan «Barselona» hujumchisi Lionel Messining termadagi kelajagi haqida so‘rashdi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan Gvatemalaa va 11 sentyabrga belgilangan Kolumbiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tarkibga jalb etilmagan. Avvalroq Messi xalqaro faoliyatida tanaffus qilmoqchi ekani, shu boisdan 2018 yilning ikkinchi yarmida Argentina safida maydonga tushmasligi xabar qilingan edi.

«U bilan gaplashib oldik. Keyingi yig‘inimizga uni ham chaqirish masalasini o‘ylab ko‘ramiz. Ko‘ramiz, oldinda nima ro‘y berarkin. [Gvatemalaga qarshi] o‘yindan oldin u haqida gapirishim joiz, deb o‘ylamayman», - degan Skalonidan iqtibos keltirmoqda Goal.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2018da Argentina qiyinchilik bilan pley-offga chiqqan, nimchorak finalda esa Fransiya termasiga 3:4 hisobida yutqazgan edi. Messi ushbu mundialda 1 ta golva 2 ta samarali pasga mualliflik qildi. U ayni kunlarda ikki haftalik ta’tilda bo‘lib turibdi.

Janubiy Amerika matbuotidagi xabarlarga qaraganda, Argentina futbol assotsiatsiyasi Tata Martinoni terma jamoa bosh murabbiyi sifatida qayta tayinlash haqida bosh qotirmoqda. Tayinlov dekabr oyida ro‘y berishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz