Узбек O'zbek
Dzyuba golni nishonlash uslubiga izoh berdi
Payshanba, 30 Avgust
8213

«Zenit» klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba golni o‘ziga xos tarzda nishonlash uslubiga izoh berdi.

Futbolchi ilk marta jahon chempionati paytida harbiylarga xos harakat bilan quvonchini namoyish etgan, shundan so‘ng, bu uslub juda mashhur bo‘lib ketgan edi.

«Shunchaki, harbiylarcha hurmat bildirmoqdaman: vatanim uchun o‘ynamoqdaman, unga xizmat qilayotganimni ma’lum etyapman», — dedi Dzyuba 433 TV kanali efirida.

Eslatib o‘tamiz, Artyom Dzyuba jahon chempionatida uchta gol urgan edi. Rossiya Premer-Ligasi joriy mavsumida, 5ta turdan so‘ng uning hisobida shuncha gol bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz