Узбек O'zbek
Falastin futboli rahbari Messi futbolkalarini yoqish chaqirig‘i uchun jazolandi
Shanba, 25 Avgust
5019

FIFA Falastin futbol uyushmasi prezidenti Jabroil Rajubni Argentina terma jamoasining Isroil bilan uchrashuvi arafasida Argentina futbol uyushmasiga nisbatan adovat qo‘zg‘atish va futbolchi Lionel Messi surati bo‘lgan futbolkalar va plakatlarni yoqish chaqirig‘i uchun jarimaga tortdi va bir yilga o‘yinlarga tashrif buyurishdan chetlatdi.

Intizom qo‘mitasi Rajubga 20 ming shveysar franki (taxminan 20 ming dollar) miqdorida jarima solgan.

Rajub bunday chaqiriqni 9 iyunda Al-Qudsda o‘tishi rejalashtirilgan Isroil va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan qilgan. Keyinroq uchrashuv bekor qilingan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz