Узбек O'zbek
10 yil oldin Messi Argentina terma jamoasi bilan yagona unvonni qo‘lga kiritdi
Payshanba, 23 Avgust
4962

Roppa-rosa 10 yil oldin, 2008 yilning 23 avgust kuni Argentina terma jamoasi Pekin olimpiadasi finalida Nigeriyani 1:0 hisobida yengib, chempion bo‘lgan edi.

O‘sha turnirda «albiseleste» tarkibida Lionel Messi, Serxio Aguero, Anxel Di Mariya, Xaver Maskerano, Xuan Rikelme, Nikolas Parexa, Esekiel Garay va boshqa ko‘plab mashhur futbolchilar o‘ynagan edi.

Argentina futbolchilarining bu avlodi uchun Olimpiada oltini xalqaro arenalardagi yagona yirik g‘alaba bo‘lib qolmoqda. Shundan keyin o‘tkazilgan barcha finallarda ular faqat mag‘lubiyatga uchradilar (JCH-2014 - Germaniya - 0:1, Amerika Kubogi 2015 - Chili - 0:0, pen. 1:4 va Amerika Kubogi 2016 - Chili - 0:0, pen. 2:4).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz