Узбек O'zbek
Jakartada Osiyo olimpiya kengashining bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi
Yakshanba, 19 Avgust
2167

Bugun, 19 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo olimpiya kengashining 37-bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Indoneziyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlariga tashrif buyurgan delegatsiyalar rahbarlari, shuningdek, turli sport turlari bo‘yicha federatsiyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Assambleyani Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh ochib berdi va ma’ruza qildi.

Foto: Anvar Ilyasov

Assambleyada O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov qatnashdi.

Shuningdek yig‘ilishda yana bir necha o‘zbekistonlik sport amaldorlari, xususan, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev ham ishtirok etgan.

«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, assambleyada 2022 yili Xitoyning Hangjou shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari va 2026 yili Yaponiyaning Ayti-Nagoya prefekturasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari, 2020 yilgi Tokio yozgi olimpiadasi va 2022 yilgi Pekin qishki olimpiadasi taqdimoti o‘tkazilgan, shuningdek, turli federatsiyalar rahbarlari taqdirlangan.

Foto: Anvar Ilyasov

Shuningdek, assambleya davomida sportning yangi turi - tekbol sporti taqdimoti ham o‘tkazilgan. Ayni vaqtda ushbu sport turi bo‘yicha maxsus sayt faoliyat boshlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz